KUTUZOV

KUTUZOV

KUTUZOV (Toleʼnishchev — Kutuzov) Mixail Illarionovich (1745.5.9, Peterburg — 1813.16.4, Bunslau) — general-feldmarshal, rus sarkardasi. A. V. Suvorovning shogirdi. 1784-y. dan general-mayor. 1785-y. da Bug yeger korpusini tuzib, 1787—89 y. lardagi rus-turk urushida qatnashgan. 1790-y. da turklarning Izmail qalʼasini shturm qilishda ishtirok etib, A. V. Suvorovning aloqida tahsiniga sazovor boʻlgan.

Ensiklopediya.uz
KUTUZOV