KURTLAR DAVLATI
KURTLAR DAVLATI, Kartlar davlati (1245—1389) — kurtlar sulolasi tomonidan Hirot vohasi va Gʻur togʻli viloyati hududida barpo etilgan davlat. Markazi — Hirot sh. K. d. hulokuiylarga qaram boʻlsada, mustaqil boʻlishga intilgan. Shu sababli Hirot bir necha marta hulokuiylar qoʻshini tomonidan vayron va talon-toroj qilingan. Moʻgʻullar hokimiyati zaiflashgach (14-a. 2-yarmi), kurtlar amalda mustaqillikka erishgan. Muizaddin (1331—70) Murgʻob daryosi va Afgʻonistonning bir qismigacha boʻlgan sharqiy Xurosonning deyarli hamma qismini bosib olgan. Biroq Kurtlar davlati turli mulklarning nomigagiva harbiymaʼmuriy birlashmasi boʻlganligi tufayli 14-a. ning 80-y. larida Amir Temur tomonidan tobe etilib, tugatilgan.
Ensiklopediya.uz
KURTLAR DAVLATI