KRIJOVNIK

KRIJOVNIK

KRIJOVNIK (Grossularia) – toshyorardoshlar oilasiga mansub koʻp yillik buta, rezavor meva ekini. 50 dan ortiq turi bor. Asosan, Shim. Amerikada (46 xil turi) uchraydi. Koʻproq 3 turi: madaniy yoki ekma Krijovnik (G. reclinata) — Rossiyaning Yevropa qismi, Kavkazda, shuningdek, Yevropa mamla-katlari, Oʻrta Osiyoda oʻstiriladi; ti kapli Krijovnik (G.acicularis) Oʻrta Osiyo togʻlarida, Oltoyda, Sayan togʻlarida; bure i n K. (G.burejensis) Uzoq Sharqda uchraydi. Novdasi tikanli, boʻyi 1,5—2 m, popuk ildizli. Barglari 3—5 boʻlakchali. Gullari 2 jinsli, 1—3 tadan shingil boʻlib joylashgan. Mevasi soxta rezavor meva. Yumaloq yoki choʻziqroq, oq, sariq, qirmizi,qora, koʻp urugʻli; mevasi iyunning 2-yarmida yetiladi, oʻrtacha ogʻirligi 3,6—6 g. 1 tupi 2,5—4 kg hosil beradi. Mevasi tarkibida 7—18% qand, 30—60 mg% S, Vr R vitaminlari, karotin, pektin, temir, fosfor, kalsiy, 1—3% gacha organik kislotalar mavjud. Krijovnik mevasi yangiligida yeyiladi, murabbo, jem, kompot, sharbat va h. k. lar tayyorlanadi. Krijovnik parhish qilish, yogʻochlangan va koʻk qalamchalaridan koʻpaytiriladi.

Ensiklopediya.uz
KRIJOVNIK