KRATON
KRATON (yun. kratos — kuch, mustahkamlik) — Yer poʻstining alpinotip burmalanishi oʻzgarishlariga layoqatsiz konsolidatsiyalashgan qismlari. Nemis geologi X. Shtille Kratonni koʻtarilgan Kraton — aksari sial (Si, AI) tarkibli (kad. tokembriy platformalari yoki poʻsti kontinental tuzilishga ega hoz. geologik qalqonlar) massivlari va choʻkkan Kraton — simatik (Si, Fe, Mg) zaminli (koʻpincha Yer poʻstining «granitmetamorfik» qatlamiga ega boʻlmagan okean tubi maydonlari) massivlariga ajratgan. «K» terminini fanga Shtille kiritgan (1940) va xorij adabiyotlarida ruscha «platforma» terminining sinonimi sifatida keng qoʻllaniladi.
Ensiklopediya.uz
KRATON