KRASNOGORSK
KRASNOGORSK — Toshkent viloyatidagi shaharcha (1955-y. dan). Yangiobod shahar Kengashiga qarashli. Toshkent sh. dan 40 km. Yaqin t. y. stansiyasi — Chigʻiriq (45 km). Chatqol togʻining jan.gʻarbida, 750 m balandlikda. Aholisi 13,2 ming kishi (2002). Chovlisoy va Sovur ariqlaridan suv oladi. Dastlab Chovlisoy nomi bilan yuritilgan. 1953-y. K. nomini olgan. Shaharchada Navoiy konmetallurgiya kti filiali joy-lashgan. Aloqa boʻlimi, 3 umumiy taʼlim, sport maktablari, bolalar sanʼat maktabi, madaniyat uyi, kutubxona, savdo, madaniy va maishiy xizmat shoxobchalari bor.
Ensiklopediya.uz
KRASNOGORSK