KOVELLIN

KOVELLIN

KOVELLIN (italyan mineralogi N. Kovelli (1790—1829) nomi bilan atalgan) — sulfidlar sinfiga mansub mineral, kimyoviy tarkibi — CuS. Geksonal singoniyali, plastinkasimon. Qattikligi 2—2,5; zichligi 4,6—4,7 g/ sm3. Och zangori yoki koʻkimtir. Kristallari nihoyatda kam uchraydi. Mis, qoʻrgʻoshin-rux va mis-kolchedan konlarining ikkilamchi sulfidlarga boyish zonasida hosil boʻladi. Kovellin xalkopirit, pirit, xalkozin va b. tarkibida mis boʻlgan minerallar, yaʼni birlamchi va ikkilamchi sulfidlarning oʻrnini egʻallash yoʻli bilan rivojlanadi. Oʻzbekistonda Kovellin Olmaliq — Qalmoqqir, Saricheka va b. mis-molibden konlarida, ayniqsa, keng tarqalgan. Kovellindan mis olinadigan ruda sifatida foydalaniladi.

Ensiklopediya.uz
KOVELLIN