KOSONTOV

KOSONTOV

KOSONTOVQarshi choʻlidagi balandlik. Qashqadaryo viloyatida, Qashqadaryo oʻzani bilan Maymanoq kanali oraligʻida joylashgan. Eng baland joyi 452 m, nisbiy bal. 100 m. Jan.gʻarbdan shim.-sharqqa choʻzilgan. Oʻz. 4,5 km. Burmalangan gumbazsimon balandlik. Yon bagʻirlari tekislikdan keskin koʻtarilgan va quruq soylar bilan oʻydimchuqurlashgan. Suvayirgʻich qismi yassi tekislikdan iborat.

Ensiklopediya.uz
KOSONTOV