KOMPAS
KOMPAS (ital. compasso — oʻlchayman) — geografik (haqiqiy) yoki magnit meridianining yoʻnalishini aniqlashda qoʻllaniladigan asbob. Magnitli, giroskopik Kompas, quyosh K. i, radio va astroradio Kompasi boʻlishi mumkin. Magnitli K . magnitlangan milning shimol-jan. yoʻnalishida magnit meridiani boʻylab joylashishi xossasiga, giroskopik Kompas erkin osilgan va maxsus moslama yordamida tez aylanadigan rotorning oʻqi geografik meridian tekisligida mustaqil joylasha olishiga, quyo sh K. i (yoki astronom i k K.) Quyosh harakatini uzluksiz koʻzatib turishga, rad i okom pas radiost-yalar tarqatadigan radiotoʻlqinlarni maʼlum yoʻnalishda qabul qilishga, astroradiokompas Quyoshdan tarqaladigan radionurlarni qabul qilishga asoslangan. Boʻlar orasida magnitli Kompas eng qadimiysi. Uning asosiy kamchiligi shuki, hamma vaqt magnit va geografik qutblar yoʻnalishlari farqini hisobga olish kerak boʻladi. Qutblarda uni ishlatib boʻlmaydi. Kompas dengizda suzishda, aviatsiya, geodeziya, topografiya, kon va harbiy ishlarida qoʻllaniladi.
Ensiklopediya.uz
KOMPAS