KOLOVRATKALAR
KOLOVRATKALAR, boshaylangichlilar (Rotatoria) — toʻgarak chuvalchanglar tipiga mansub umurtqasiz hayvonlar sinfi. Boʻyi 0,04—2,5 mm, 2000 tacha turi bor. Tanasi kutikala bilan qoplangan, 3 boʻlim: bosh, tana va oyoqdan iborat (baʼzi Kolovratkalarda hamma boʻlimlar qoʻshilib ketgan). Bosh tomonida doira boʻlib 2 qator joylashgan kipriklari ogʻiz aylangich apparatni hosil qiladi. Kipriklarining maʼlum tomonga qarab bir meʼyorda tebranishi tufayli suzib yuradi va mayda organizmlarni ogʻziga tortib oladi. Nerv sistemasi xalqum usti gangliysi va undan chiqadigan nervlardan, sezgi organlari esa koʻz (koʻpincha bitta) va paypaslagichlardan iborat. Ayirish organi juft protonefridiy tipida. Kon aylanish va nafas olish sistemasi yoʻq. Erkaqlari urgʻochilaridan ancha kichik. Kolovratkalar chuchuk va shoʻrtob suvlarda, baʼzan dengiz va tuproqda yashaydi. Planktonxoʻr yosh baliklar uchun oziq boʻladi.
Ensiklopediya.uz
KOLOVRATKALAR