KIBALCHICH Nikolay Ivanovich

KIBALCHICH Nikolay Ivanovich

KIBALCHICH Nikolay Ivanovich [1853.19(31).10, Chernigov viloyati, Korov sh. — 1881.3(15).4, Peterburg] — insonni uchirishga moʻljallangan dunyoda birinchi raketali uchuvchi apparat loyihasi muallifi. Loyihada Kibalchich porox dvigateli qurilmasini, dvigatelning ogʻish burchagini oʻzgartirib uchishni boshqarish, yonishni programmali boshqarish, apparatning turgʻunligini taʼminlash va b. koʻzda tutilgan. Peterburg t. y. lar inti va Tibbiy-jarroxlik akademiyasida oʻqigan (1871 —75). 1881-y. podsho Aleksandr II ga qilingan suiqasdda ishtirokchi sifatida ayblanib, qamoqqa olingan va qatl etilgan. Qamoqsaligida, ulimidan bir necha kun oldin, Kibalchich uchuvchili raketa apparatining noyob loyihasini tayyorlagan. Oydagi kraterlardan biri Kibalchich nomi bilan ataladi.

Ensiklopediya.uz
KIBALCHICH Nikolay Ivanovich