KENG EKRANLI KINO
KENG EKRANLI KINO — kinofilmlar keng ekranda namoyish qilinadigan kinematografiya turi. Filmni suratga olish va namoyish etishda anamorfot optikadan foydalaniladi, bunda tasvir gorizontal toraytirib kinoga olinadi va ekranga yoyib proyeksiyalanadi. Turli mamlakatlarda Keng ekranli kinoning har xil tizimlari ixtiro qilingan. Hoz. rangli va stereofonik ovozli Keng ekranli kino 1953-y. da yaratilgan. Ovoz 3 kanalga stereofonik yozib olinadi, film nusxalari 35 mm li kinoplyonkaga tushiriladi. Keng ekranli kino kino sanʼatining tasvir imkoniyatini ancha kengaytiradi. Oʻzbekistonda 2000 ga yaqin keng ekranli kinoteatr ishlab turibdi (2002).
Ensiklopediya.uz
KENG EKRANLI KINO