KARYER

KARYER

KARYER (lot. quadraria — tosh maydalanadigan joy) — foydali qazilmalarni ochiq usulda qazib oladigan korxona; yer qaʼridan foydali qazilmalarni ochiq usulda qazib olishda hosil boʻladigan chuqurliklar majmui. Karyer bir nechta pogʻona tizimlaridan iborat boʻlib, odatda, yuqoridagi pogʻonalar puch togʻ jinslarida joylashadi, pastki pogʻonalarda foydali qazilma qazib olinadi. Foydali qazilmani qazib olish uchun puch (qoplama) togʻ jinslarini surib ochiladi.

Ensiklopediya.uz
KARYER