KARPINSKIY Aleksandr Petrovich

KARPINSKIY Aleksandr Petrovich

KARPINSKIY Aleksandr Petrovich (1847.7.1, hoz. RF Sverdlovsk viloyati Krasnoturinsk sh. — 1936.15.7, Moskva) — rus geolog olimi, jamoat arbobi. Rossiya geologlar ilmiy maktabining asoschilaridan. Peterburg FA akad. (1889), Rossiya FA prezidenti (1917-36), Ukraina) FA akad. (1925-y. dan). Peterburg konchilik I in-tini tugatgan | (1866). Oʻsha institutda prof. (1877 — 96). Geologiya komiteti direktori (1885—1903). Ilmiy I ishlari geol. ning tektonika, paleontologiya va paleogeografiya, stratigrafiya va b. ga oid. Birinchi marta Sharqiy Yevropa platformasi tektonik tuzilishining asosiy belgilarini aniqlagan, tektonik va paleogeografik xaritasini tuzgan, togʻ jinslarini oʻrganishda mikroskop usulini birinchilardan boʻlib qoʻllagan. Uraloldi bukilmasida perm sistemasiga mansub arti yarusini ajratgan (1874). Karpinskiy geologik xaritalar uchun shartli belgilar ishlab chiqqan va bu shartli belgilar Xalkaro geol. kongressida (1881) qabul qilingan. Rossiya FA geol. fanlari sohasida ulkan ilmiy kashfiyotlar uchun 1946-y. da Karpinskiy nomida mukofot va oltin medal taʼsis etgan. Sverdlovsk viloyatidagi shahar, Uraldagi togʻ, mineral, Kuril o. laridagi vulkan, in-t, Sankt-Peterburgdagi Geol. muzeyi va b. K. nomi bilan atalgan.

Ensiklopediya.uz
KARPINSKIY Aleksandr Petrovich