Hasharotlar haqida topishmoqlar to’liq malumot oling
Kichkina mitti,
Shoxini tirab suv ichdi.
(Ari)
Zuv-zuv borar,
Zuv-zuv kelar.
Doston o‘qir,
G’alvir to‘qir.
(Ari)
Uchib yurgan qarg‘aning
Inin buzib bo‘lami?
(Ari)
Tutdan bizga ko‘ylak to‘qir.
(Ipak kurti)
Ko‘k yeb, oltin o‘raydi.
(Ipak qurti)
Daraxt shoxida sakson tuxum.
(Ipak kurti)
Bir qushim bor, suyagi yo‘q.
(Kapalak)
Qanoti bor,
Qoni yo‘q.
Tuxum qo‘yar,
Soni yo‘q.
(Kapalak)
Ovhu laylak, uvhu laylak,
Suvdan o‘tar, suyaksiz laylak.
(Kapalak)
O’zi yo‘qdek,
Tovushi o‘qdek
(Qora chigirtka)
O’tirishi o‘ymoqday,
Baqirishi toyloqday.
(Qora chigirtka)
O’tirishi tulkiday,
O’t yeyishi yilqiday.
(Chigirtka)
Arangday-parangday,
Ikki ko‘zi zaparangday.
(Chigirtka)
Ho‘kiz shoxli,
Buqa bo‘yinli,
Qiyg‘ir qanotli,
Eshak sag‘irli,
Tuya oyoqli.
(Qora chigirtka)
O’zi qora, qanotli,
Shoxlari bor, tirnoqli.
(Qo‘ng‘iz)
Qora o‘zi, qarg‘a emas,
Shoxlari bor, ho‘kiz emas,
Olti oyoq, tuyoqsiz,
Uchadi, chig‘illaydi,
O’tirib yer kovlaydi.
(Qo‘ng‘iz)
Is biladi, it-emas,
In qazlaydi, tulki emas,
Qanoti bor uchadi,
O’zi qush emas.
(Qo‘ng‘iz)
Kichkina lo‘li,
Keyiniga yetmaydi to‘ni.
(Qo‘ng‘iz)
Bir otim bor ajabgina,
Dumlari bor gajakkina,
Hali kelsa ko‘rarsiz,
Qo‘rqa-qo‘rqa o‘larsiz.
(Chayon)
O’zlari ajabgina,
Quyro‘qlari gajakkina,
Hali o‘psa ko‘rasan,
Yig‘lay-yig‘lay o‘lasan.
(Chayon)
Beli-beli belang ot,
Beli nozik kurang ot.
Toqqa minsa toymas ot,
O’lat teksa o‘lmas ot.
(Chumoli)
Beli qizday, kurang ot,
Tog‘i toshdan toymagan,
Halov tuya o‘lmagan,
Beli ingichka kurang ot.
(Chumoli)
Burang-burang, burang ot,
Beli qayqi, kurang ot,
Tog‘u toshdan qayrilmas,
Oyoqlari tayrilmas.
(Chumoli)
Jinday, jinday, jinday qiz,
Chip tepaga chiqdi qiz,
Bolalarin iyartib,
Undan yuqori chiqdi qiz.
(Chumoli)
Tog‘dan toymas ot,
Miltiq tegmas ot.
(Chumoli)
Jonzoq buvam tuyasi
Jar yoqalab yuradi.
(Chumoli)
U yoqdan, bu yoqdan
Karvon o‘tdi, ko‘rdingmi?
(Chumolilar)
Uzun tor ko‘cha,
Ichi to‘la lo‘libachcha.
(Chumoli uyasi)
Qatorma-qator,
Zanjirdek qator.
(Chumolilar)
Uzun-uzun ulog‘,
Yo‘llarga tuzog‘.
(Chumoli)
Joni bor, qoni yo‘q,
Yer ostida soni yo‘q.
(Chumoli)
Beli qilday,
Boshi xumday.
(Chumoli)
Yo‘l ustida go‘ja qaynar.
(Chumoli)
Mingta qo‘yim sig‘adi,
Bir bog‘ bedam sig‘maydi.
(Chumoli uyasi)
U yoqqa boradi,
Bu yoqqa boradi,
Bo‘z to‘qiydi.
(O’rgimchak)
To‘r bilan o‘rab olgan,
Pashshaga zanjir solgan.
(O’rgimchak)
Kichkina-mitti,
Qo‘limga olsam, qovurg‘asi sinib ketdi.
(Chivin)
O’zi yo‘qday, botirim,
Ovozi o‘qday, botirim,
Shapaloq yurtga borib,
O’lib qolgan, botirim.
(Pashsha)
Chiydim, chiydim, chiydim qush,
Chiy boshiga qo‘ndi qush.
Qirg‘ini keldi, qirildi,
Mahali keldi, tirildi.
(Chivin)
Is biladi, it emas,
O’zi kichik, bit emas,
Odamni ko‘p talaydi,
Qon ichib, u to‘ymas.
(Kana)
Soy ichida saksonboy.
(Burga)
Qorong‘i tom ichida
Qora buzoq dirkillar.
(Burga)
Albar-jalbar yo‘rtib yurar,
Ushlay desam, hurkib ketar.
(Burga)
Pichagina bo‘yi bor,
Takakidan to‘ni bor.
(Burga)
To‘qay ichida to‘ng‘iz.
(Bit)
Chel tagida qurbaqa.
Topishmoqlar
Hasharotlar haqida topishmoqlar