DESTABILLASHTIRUVCHI TANLANISH haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
DESTABILLASHTIRUVCHI TANLANISH haqida malumot bilib oling.

DESTABILLASHTIRUVCHI TANLANISH — tanlanishning bir turi, xo-nakilashtirish jarayonida turning turgʻun holatini oʻzgartirishga olib keladigan tanlanish. Destabillashtiruvchi tanlanish tushunchasini rus biologi Destabillashtiruvchi Tanlanish Belyayev (1970) domestikatsiya (xonakilashtirish)ning biologik asoslarini tadqiq qilish orqali asoslab bergan, Destabillashtiruvchi tanlanish ontogenezning neyroendokrin sistemasi tanlanish taʼsiriga oʻtganida paydo boʻladi. Bu hol tur yangi, hali unga nomaʼlum boʻlgan zoʻriqtiruvchi (stressor) omillar bilan toʻqnash kelganida yoki unga maʼlum boʻlgan omillarning intensivligi (kuchi) oshib ketganida har doim yuz beradi. Sunʼiy tanlash, yaʼni xonakilashtirish jarayonida xonakilashtiriladigan turlar bir qator stress (zoʻriqtirish) va tanlovchi omillar taʼsiriga toʻqnash keladi. Ular orasida asosiysi odam hisoblanadi. Destabillashtiruvchi tanlanish tom maʼnoda harakatlantiruvchi tanlanish boʻlgani xrlda mohiyat jihatdan organizmning rivojlanishini boshqaradigan sistemalarning buzilishiga, ular oʻzgaruvchanligining oshishiga olib keladi. Bu hol tabiiy sharoitda harakatlantiruvchi yoki turgʻunlashtiruvchi tanlanish uchun birlamchi material boʻladi. Destabillashtiruvchi tanlanish evolyutsiyani jadallashtiruvchi muhim omil hisoblanadi.

Ensiklopediya.uz
DESTABILLASHTIRUVCHI TANLANISH