DENGIZ OQIMLARI haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
DENGIZ OQIMLARI haqida malumot bilib oling.

DENGIZ OQIMLARI (okean oqimlari) — dengiz va okeanlarda turli kuchlar (suv va havo orasida ishqalanish kuchlari taʼsiri, suvda vujudga keladigan bosim gradiyentlari, dengiz su-vining kutarilishida Oy va Quyoshning tortish kuchlari)ga bogʻliq ravishda suv massasining harakatlari. Dengiz oqimlari yoʻnalishiga Yerning aylanish kuchi katta taʼsir koʻrsatadi: oqimlar Shim. yarim sharda oʻngga, Jan. yarim sharda chapga buriladi. Dengiz oqimlari kelib chiqishiga koʻra: shamolning dengiz yuzasiga ishqalanishi (shamol oqimlari), suv t-rasi va shoʻrligining notekis taqsimlanishi (zichlik oqimlari), suv sathining qiyalanishi natijasida (oʻzgaruvchan oqimlar) va h. k. ; oʻzgaruvchanligiga koʻra — doimiy, mavsumiy va davriy (dengiz suvining koʻtarilishi bilan bogʻliq) Dengiz oqimlari ; joylashishiga qarab — yuza, yuza osti, oraliq, chuqur, dengiz tubi Dengiz oqimlari ; tabiiykimyoviy xossalariga koʻra — iliq, sovuq, chuchuk va shoʻr Dengiz oqimlari boʻladi.

Ensiklopediya.uz
DENGIZ OQIMLARI