BAYRAM DASTURXONIGA TAOMLAR TAYYORLAYMIZ

BAYRAM DASTURXONIGA TAOMLAR TAYYORLAYMIZ

BAYRAM DASTURXONIGA TAOMLAR TAYYORLAYMIZ

Mundarija скрыть
BAYRAM DASTURXONIGA TAOMLAR TAYYORLAYMIZ
DO`STLARGA ULASHING:

DO`STLARGA ULASHING:

Sharq xalqlari o’zlarining tansiq taomlari bilan nom qozonganlar. Ayniqsa, Hayit ayyomi dasturxoniga tortiladigan taomlar o’ziga xos o’ringa ega. Muqaddas kunda bekajonlar an’anaviy tarzda xamirdan qilinadigan mazali qovurma yeguliklar – Bo’g’irsoq, Qush tili, Chak-chak va Qovurma chuchvara tayyorlashadi. Ushbu shirinliklarni oson va tez pishirish sirlarini korzinka.uz retseptlar jamlanmasida bilib olishingiz mumkin.
 Bo’g’irsoq
23bc1d04760f283ffed37Masalliqlar:
•            Un – 1 kg
•            Sut – 400 ml
•            Tuxum – 2 dona
•            Sariyog’ – 150 g
•            Shakar – 1 stakan
•            Tuz – ta’bga ko’ra
•            Qovurish uchun o’simlik yog’i – 1l
Tayyorlash usuli:
•          Shakar va tuzni sutda eritamiz, tuxumlarni chaqib sariyog’ solamiz. Aralashmani unga quyib qo’zg’aymiz. Xamirni paketga o’rab 30-40 daqiqa tin oldirishga qo’yamiz.
•           Xamirni bo’laklarga ajratamiz va oddiy yong’oq hajmida kesib chiqamiz. Xamirni chovli yoki to’r suzgichda biroz aylantiramiz.
•            Kerakli olov haroratida o’simlik yog’ida hamma tomonini qovurib olamiz
 Qush tili
b1a58a0b0c97ec0a8ae6cMasalliqlar:
•         Un – 1 kg
•         Sut – 400 ml
•         Tuxum – 2 dona
•         O’simlik yog’i – 150 g
•        Shakar – 1 stakan
•        Tuz – ta’bga ko’ra
•          Qovurish uchun o’simlik yog’i – 1l
Tayyorlash usuli:
•            Shakar va tuzni sutda eritamiz, tuxumlarni chaqib sariyog’ solamiz. Aralashmani unga quyib qo’zg’aymiz. Xamirni paketga o’rab 30-40 daqiqa tin oldirishga qo’yamiz.
•        Xamirni ingichka qilib aylantirib maxsus rolikli kesgichda kichik to’rtburchaklar, romblar yoki uchburchaklar shaklida kesib chiqamiz.
•        Har bir romb o’rtasini pichoq bilan uzunchoq teshik qilib kesib qo’yamiz. Ayni shu joyidan keyinroq Qush tilining bir burchagini burab ochamiz.
•         Frityurda qovurib olamiz.
 Qovurma chuchvara
01d50998eea322ee514d6Masalliqlar. Xamirga:
•        Un – 500 g
•        Suv – 1 stakan
•       Tuxum – 1 dona
•        Tuz – 1 choy qoshiq
Ichiga qo’shishga:
•         Qo’y go’shti – 500 g
•        Oddiy piyoz– 400 g
•         Tuz – 1 choy qoshiq
•         Maydalangan garmdori – 0,5 choy qoshiq.
Tayyorlash usuli
•         Stakandagi iliq suvda choy qoshiqdagi tuzni eritib, tuxum qo’shamiz hamda yaxshilab aralashtiramiz. Mikser idishiga 500 g un sepib hosil bo’lgan suyuqlikni solamiz. Xamirni 10 daqiqa sekin-sekin yumalatamiz. Xamirni tindirish uchun 30-40 daqiqa idishda qoldiramiz.
•        Xamir tayyor bo’lgunicha chuchvaralar uchun qiyma tayyorlaymiz. Avvaliga go’sht va piyozni qiymalagichdan o’tkazamiz. Choy qoshiqda tuz va yarim choy qoshiq garmdori qo’shib yaxshilab aralashtiramiz.
•         Xamirni 1-1,5 mm qalinligidagi tasma qilib dumalatamiz. Tomonlaridan 5 sm kvadratchalar shaklida kesib chiqamiz. Har bir kvadratga yarim choy qoshiqda qiyma solib chuchvara tugamiz.
•        Chuchvaralarni uncha katta bo’lmagan miqdorlarda tillar rang olgunicha qizitilgan ko’p miqdordagi yog’da qovuramiz. Teshik kapgir bilan olamiz.
korzinka.uz

BAYRAM DASTURXONIGA TAOMLAR TAYYORLAYMIZ