ARBUZOV REAKSIYASI haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
ARBUZOV REAKSIYASI haqida malumot bilib oling.

ARBUZOV REAKSIYASI — 3 valentli fosfor efirlari (fosfitlar, fosforitlar, fosfinlar va ular ayrim hosilalari)ning alkillovchi yoki aril-lovchi reagentlar taʼsirida fosfor — uglerod bogʻi hosil qilib qayta guruhlanishi natijasida 5 valentli fosfor birikmalariga aylanish reaksiyasi.

Arbuzov reaksiyasida alkillovchi va arillovchi moddalar sifatida alkil-va alkilengalogenidlar geterotsiklik birikmalarining galogenli hosilalari, karbon kislotalar angidridlari va b. ishti-rok etishi mumkin. Arbuzov reaksiyasi fosfor — uglerod bogʻli birikmalar, pestitsidlar, shifobaxsh preparatlar, ekstragentlar va b. moddalarni olishda keng qoʻllaniladi. Reaksiyani Arbuzov Reaksiyasi Arbuzov 1905-y. da kashf qilgan.

Ensiklopediya.uz
ARBUZOV REAKSIYASI