Anal yoriq – sabablari, belgilari va davolash usullari

Anal yoriq – sabablari, belgilari va davolash usullari

Anal yoriq nima?

Anal yoriq (treshina/трещина)– bu orqa anal teshigi atrofidagi shilliq qavatning jarohatlanishi hisoblanadi va ko`pincha ayollarda uchraydi. 80-90% hollarda anal yoriq(yorig’i/yormasi) anal teshigining orqa devorida uchraydi. Anal yorig’ining o’tkir va surunkali turlarga bo’linadi.

O’tkir anal yoriqlari silliq va tekis qirg’oqqa, unung tubi esa anal sfinkterning muskul to’qimasini kuzatish mumkin. Vaqt o’tishi bilan yaraning qirg’oqlari va tubida fibroz to`qimali granulyatson qoplama qoplaydi, so’ng o`tkir turidan surunkali turiga o’tadi.

Surunkali turida esa yoriqning qirg’oqlarida biriktiruvchi to’qima va uning atrofida  yallig’lik va trofik o’zgarishlar kuzatiladi , yoriqning ichki va ayrim paytlarda ortiqcha to’qima yig’indisi dog’lik (bugarok) hosil qiladi. Qayta qayta  infeksiya tushishi, yuqoridagilarning oqibatida yoriq xalq tilida tushuntirganda o’lik to’qimaga aylanadi, bitmaydigan holatga keladi.

Sabablari (etiologiya va patogenezi)

Ichning qotib kelishi, ovqat tarkibidagi hazm bo`lmaydigan narsalar (hayvon suyaklari, baliq qiltanoqlari, tarvuz, anor, boshqa meva urug’lari, va shunga o’xshash) shilib yoki kesib ketishi va orqa anal teshigiga jinsiy aloqa qilish oqibatida ham kelib chiqish ehtimollari mumkin. Bundan tashqari kriptalarga infeksiya tushib va kriptalar yallig’lanib ularning yorilishi oqibatida ham kriptalar kelib chiqishi mumkun.

Asoratlari

Kuchli og’riq sindromi , sfinkter siqilishi , yoriq yallig’lanishi va (o’tkir paraproktit) aylanishi , qonash uning oqibatida anemiyaning turli darajalari , orqa sfinkter strikturasi, axlat toshlari , juda hollarda surunkali orqa anal yoriqi o`sma kasaligiga ham o’tib qolishi mumkin.

Belgilari (simptomlari)

Eng bezovta qiladigan va qiynaydigan simptomi og’riq hisoblanadi. Defekatsiyadan so’ng bemorlarda juda kuchli va davomli achishtruvchi va kuydiruvchi ayrim paytlar bemorlar orqamga huddi qalampir tiqib qo’yganga yoki olov yoqayotganga o’xshab og’riyabdi deb shikoyat qilib kelishadi va bu og’riq bir necha daqiqadan boshlanib soat soatlarga ulanib ketishi mumkin.

Anal yoriqni yoki yirtilishini ko’rinishi Anal yoriq - sabablari va davolash usullari
Anal yoriq – sabablari, belgilari va davolash usullari 5

anal yoriq sabablari belgilari va davolash usullari 65d3729d68eba

Anal yoriqni yoki yirtilishini ko’rinishi

Davomiy og’riqlar vaqt o’tishi bilan bemorda sfinkterni kuchli reflektor spazmiga olib keladi. Spazm sababli esa bemorda qabziyat, axlat toshlari paydo bo’ladi. Va uning oqibatida bemor bir necha kun katta hojatga chiqmaslikka, bemorni majburiy holat qabul qilishiga olib kelishi mumkin. Aksariyat anal yoriqlarida hojatdan so’ng qon tomchilari tomishiga olib keladi. Ayrim hollarda kattaroq arteriya va venalar ochilib (kesilib) ketish holatlari kuzatiladi . Ko’p qon yo’qotish bemorning hayotiga xavf solishi mumkin.

Anal yoriqlar qanday tashxis qilinadi?

Birinchi navbatda suhbat ya’ni anamnez yig’ish orqali.

An`anaviy keng qo’llaniladigan, ko`p harajat talab etmaydigan usul bu ko’z bilan sinchkovlik bilan kuzatib va barmoq bilan tekshirish hisoblanadi. Bundan tashqari funksional usullarni qo’llash mumkin. Ya’ni bunda anoskop, rektoromanoskop, kolonoskoplarni turli xil og’riqsizlantirish usullari yordamida diagnoz qo’yish mumkin.

Anal yoriqlar qanchalik tez-tez uchraydi?

Anal yoriqlar tez-tez uchraydi va har yili taxminan 350 kishidan 1 kishida kuzatiladi. Ular 15 yoshdan 40 yoshgacha bo’lgan odamlarda ko’proq uchraydi. Lekin har qanday yoshda, shu jumladan juda yosh bolalarda ham paydo bo’lishi mumkin. Homilador yoki yaqinda farzandli bo’lgan ayollarda anal yoriqlari xavfi yuqori, qariyalarda esa kamroq uchraydi.

Anal yoriqni davolash

Anal yoriq kasalligini davolash haqida tushunchalar

Konservativ va operatsion davo turlariga bolinadi.  Kasallikni kechishi yarani holati, o’zgarishlari, hosilar paydo bo’lgan bo’lmagani, qancha vaqtdan beri kasallanganiga qarab konservativ yoki xirurgik davo ko’rsatiladi.

Konservativ davo muolajalari:

Kaliy permanganat yoki boychechak (romashka) bilan vannochka .

Rektal svechalar, mahlhamlar, ovqatni yaxshi hazm bo’lishida ishtirok etadigan vositalari, qabziyatni oldini oluvchi suyuqliklar svechalar qo’llaniladi . Ayrim holatlarda barmoq bilan rektal tekshiruv amalyoti ham yarani tuzalib ketishiga katta yordam beradi.

  • Bir necha takrorlangan konservativ davo yordam bermasa.
  • Uzoq vaqt davomida og’rib kelayotgan  bo’lsa (3-4 oy)
  • Yoriqni granulyatson fibroz qoplamalar yoriq do`ngliklari(bugorok) hosil qilgan bo’lsa

bemorga jarrohlik amalyoti o`tqazish tavsiya etiladi.!!!

Jarrohlik: Operatsiya qilish orqali davolash

Amaliyotdan maqsad yoriqni kesib olib tashlash hisoblanadi. Faqatgina yoriqni qanday zamonaviy texnikalar yordamida olib tashlash katta ahamiyatga egadir. Aytmoqchimanki, qanchalik so’nggi uskunalar yordamida  amaliyot o’tkazsa, amaliyotdan so’ng shunchalik tez tiklaniladi. Va har xil asoratlarsiz eng asosiysi og’riqsiz tuzalish ehtimollari bor.

Bizning klinikada eng so’nggi yuqori darajadagi texnikalar qo’llaniladi va sifatli xizmat ko’rsatiladi. Bemor uyga chiqarilgandan so’ng ham doim nazoratda bo’ladi .

Amerikaning mashhur dunyo tibbiyotini egallagan COVIDIEN kompaniyaning “Ligasure“ degan texnikasi yordamida davolanadi. Shuningdek, lazer texnologiyasi bo’yicha mashhur Germaniyaning BIOLITEC kompanyasining lazer uskunasi. So`nggi 20 yilda ko’p qo’llangan biokoalgulyatorlar xohlasangiz 1920 yillar texnikasi oddiygina skalpel yordamida amaliyotni o’tqazamiz bu qanchalik zamonaviy bo’lsa shunchalik tiklanish tez bo’ladi, INSHA ALLOH,

Anal yoriq kasalligini davolash haqida tushunchalar

USHBU MAQOLADAGI MA’LUMOTLAR SIZ UCHUN FOYDALI BO’LADI DEGAN UMIDDAMIZ. AMMO MAQOLADAGI KO’RSATMALAR ASOSIDA MUSTAQIL DAVOLANISHDAN OLDIN, AVVALO SHIFOKOR KO’RIGIDAN O’TISHNI TAVSIYA QILAMIZ!!

ShIFOKOR KO’RIGIGA YOZILISH









    Proktologiya
    Anal yoriq – sabablari, belgilari va davolash usullari