Zeekr 7X йўлтанламаси тақдим этилди
Zeekr 7X yo‘ltanlamasi taqdim etildi Zeekr Chendu avtoko‘rgazmasida Zeekr 7X — yo‘ltanlamas oilaviy krossoverini taqdim etdi. Rasmiy taqdimoti va sotuvi 20 sentyabrdan boshlanishi rejalashtirilayotgan ushbu model narxi 239 000 yuandan (33 700 dollar) boshlanadi. U bozorda Tesla Model Y ga raqobatchi bo‘lishi kutilmoqda. 5 o‘rindiqli Zeekr 7X uzunligi 4825 mm, kengligi 1930 mm va balandligi 1656 mm.ni, g‘ildirak o‘qlari oralig‘i esa 2925 mm.ni tashkil etadi. Zeekr 7Xga kremniy karbidi asosida yaratilgan elektrodvigatel o‘rnatilgan bo‘ladi va avtomobilga 0 dan 100 km/s tezlikka 3,8 soniyada chiqish imkonini beradi. Avtomobil ikki xil batareyali bo‘ladi: 75 kVt·s sig‘imga ega litiy-temir-fosfat (LFP) batareya; bu batareya elektromobilga 605 km (CLTC bo‘yicha) masofa bosish imkonini beradi. 100 kVt·s sig‘imga ega nikel-margans-kobaltli (NMC) batareya emp elektromobilga 780 km (CLTC bo‘yicha) masofa zaxirasini taqdim etadi. LFP batareyasi dunyodagi eng tez quvvat oladigan batareya bo‘lishi aytilmoqda: u 10 foizdan 80 foizgacha quvvat olish uchun bor-yo‘g‘i 10,5 daqiqa vaqt sarflaydi.Zeekr 7X йўлтанламаси тақдим этилди
DO`STLARGA ULASHING:
Zeekr 7X йўлтанламаси тақдим этилди