BYD Xia — 5,1 metrli yangi miniven taqdim etildi. Uning narxi 42 300 dollar bo‘ladi
BYD Xia — 5,1 metrli yangi miniven taqdim etildi. Uning narxi 42 300 dollar bo‘ladi BYD kompnaniyasi nihoyat uzoq kutilgan miniveni BYD Xiani taqdim etdi. 5,1 metrli beshinchi avlod gibrid tizimiga ega ushbu model narxi 300 000 yuandan (42 300 dollar) boshlanadi. Oldinroq BYD Xia yoki Tang Max yoki Zhou deb nomlanishi haqida mish-mishlar tarqalgandi. Ammo BYD kompaniyasi ushbu avtomobil nomini Xia sulolasi sharafiga nomlashga qaror qildi. BYD Xia o‘lchamlari 5145/1970/1805 mm.ni, g‘ildirak o‘qlari oralig‘i 3045 mm.ni tashkil qiladi. U Denza D9 modelidan 105 mm kaltaroq, 10 mm kengroq va 115 mm.ga pastroq bo‘ladi. BYD Xia intereri hozircha sir tutilmoqda. Ammo oldinroq uning xufiyona suratlari tarqalgandi. Miniven 2+2+3 ko‘rinishida bo‘ladi. Avtomobilga 1,5 litr sig‘imga ega turbo dvigatel o‘rnatiladi. U 200 kVt quvvatga ega (268 o.k.) elektr motor bilan birgalikda ishlaydi. BYD Xia to‘liq elektrda 200 km masofa bosib o‘tishi ma’lum qilingan.BYD Xia — 5,1 metrli yangi miniven taqdim etildi. Uning narxi 42 300 dollar bo‘ladi
DO`STLARGA ULASHING:
1 metrli yangi miniven taqdim etildi. Uning narxi 42 300 dollar bo‘ladi, BYD Xia — 5