Ipoteka kreditiga birlamchi uy-joy bozoridan olingan ipoteka predmetini sug‘urta qilish talabi bekor qilindi to’liq malumot oling
Farmonga ko‘ra, Ipotekani qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi (Jamg‘arma) tashkil etiladi.
2024-yil 1-maydan quyidagi tartiblar o‘rnatiladi:
birlamchi uy-joy bozoridagi kvartiralarni sotib olish uchun ipoteka kreditlarini ajratishda ipoteka predmetini sug‘urta xavflaridan sug‘urta qilish talabi bekor qilinadi;
ko‘p qavatli uy-joylarni qurish huquqi “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimidagi elektron reyting bahosi “S” va “SS” bo‘lgan qurilish tashkilotlariga ham beriladi.
Bunda, elektron reyting bahosi “S” bo‘lgan tashkilotlarga 5 qavatdan yuqori bo‘lmagan, “SS” bo‘lgan tashkilotlarga – 9 qavatdan yuqori bo‘lmagan uy-joylarni qurishga ruxsat etiladi;
2025-yil 1 yanvargacha belgilangan yangi qurilish va maxsus texnikalarning importida bojxona bojining nolь stavkasi qo‘llaniladi;
“Yangi O‘zbekiston” massivlarida ko‘p qavatli uy-joylar qurilishida ishtirok etadigan qurilish tashkilotlarining aylanma mablag‘larini to‘ldirish uchun byudjetdan 500 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltiriladi.
qurilish tashkilotlariga Toshkent shahrida – 9 va undan yuqori, boshqa shaharlarda – 7 va undan yuqori, qishloq joylarda – 5 va undan yuqori qavatli uy-joylar qurish uchun ajratilgan milliy valyutadagi kreditlar bo‘yicha 24 oydan ortiq bo‘lmagan muddatga “1+1” tamoyili asosida hududlarning toifasidan kelib chiqib kafillik va kompensatsiyalar taqdim etiladi.
Foydali Maslahatlar
Ipoteka kreditiga birlamchi uy-joy bozoridan olingan ipoteka predmetini sug‘urta qilish talabi bekor qilindi