FIZIOLOGIYA
FIZIOLOGIYA (yun. physis — tabiat va…logiya) — organizmlar va ular qismlari, sistemalari, organlari, toʻqimalari va hayot faoliyatini oʻrganadigan fan. Oʻrganish obyektiga binoan, odam (q. Odam), hayvonlar (q. Hayvonlar fiziologiyasi) va oʻsimliklar fiziologiyasiga boʻlinadi (q. Oʻsimliklar fiziologiyasi). F. anatomiya, sitologiya, gistologiya va, ayniqsa, biokimyo hamda biofizika bilan uzviy bogʻlangan; u fiziologik jarayonlarni. tushuntiri iщa kimyoviy va fizik metodlar hamda tushunchalardan foydalanadi. Fiziologiya — psixologiya, tibbiyot va veterinariya fanlarining nazariy asosi. Fiziologiya umumiy, solishtirma (evolyutsion) va xususiy (amaliy) Fiziologiyaga boʻlinadi. Umumiy Fiziologiya barcha tirik materiya faoliyatining asosiy qonuniyatlari, uning tashqi muhit taʼsiriga . javob reaksiyasini, tirik obyektlarning notirik tabiatdan farq qiladigan xususiyatlarini oʻrganadi. Solishtirma Fiziologiya hayvonlar organizmi fiziologik funksiyasini filogenetik (q. Filogenez) va xususiy rivojlanish (q. Ontogenez) orqali oʻrganadi. Xususiy Fiziologiya organizmlar, birinchi navbatda odam organizmi hayot faoliyatining qonuniyatlarini tashqi muhit sharoiti b-n bogʻlab oʻrganadi. Shu sababdan xususiy Fiziologiya mehnat fiziologiyasi, sport F. si, yosh Fiziologiyasi, ovqatlanish F. si, kosmik Fiziologiya kabi fanlarga ajratiladi. Sogʻlom organizmda kechadigan jarayonlarni oʻrganadigan normal Fiziologiya va kasal organizmdagi jarayonlarni oʻrganadigan patologik Fiziologiya xam farq qilinadi.
Ensiklopediya.uz
FIZIOLOGIYA