XROMATOGRAFIYA

XROMATOGRAFIYA

XROMATOGRAFIYA (xromo… va …grafiya) — gaz, suyuklik yoki erigan moddalar aralashmasini adsorbsion usulda ajratish va analiz qilish. X. rus botanigi M. S. Svet tomonidan 1903-y. da kashf etilgan. 1931-y. da Kun va uning shogirdlari X. yordamida tuxum sarigʻidagi ksantofil, lutein va zeaksantin moddalari hamda a va rkarotinlarni ajratishdi. 1941-y. da A. Martin va R. Sing taqsimlash Xromatografiya siga asos soldi va oqsil, uglerod birikmalarini oʻrganishda uning keng imkoniyatlarini koʻrsatib berdi. 1940—45 y. larda S. Mur va U. Staynlar aminokislotalarni X. usulida ajratish va miqdoriy analiz qilishga katta xissa qoʻshdi. 1950-y. da Martin va Jeyms gazsuyuklik Xromatografiyasi usulini ishlab chiqdi.

Ensiklopediya.uz
XROMATOGRAFIYA