KREKING

KREKING

KREKING (ing. cracking — parchalanish) — neft yoki uning fraksiyasini destruktiv (strukturasini buzib) qayta ishlash jarayoni; ogir uglevodo-rodlar molekulalarining parchalanishi (ajralib chiqishi) va qayta joylashishiga asoslangan. Asosan motor yonilgʻisi, plastik massalar, tolalar, eritgichlar uchun kimyoviy xom ashyo olishda qoʻllaniladi. Krekingning 2 asosiy (termik va katalitik) turi bor. Term i k K. yuqori t-ra taʼsirida amalga oshadi; uning 3 ta: yuqori bosim ostida suyuq fazali (40—60 at. bosimda, 470 — 540° t-rada), past bosim ostida yoki bug fazali (3 at., 500—550°), past bosim va yuqori t-rada yoki piroliz (1 at., 650—750°) usullari bor. Katalitik Kreking bir vaqtda yuqori t-ra va katalizatorlar taʼsirida amalga oshiriladi. 1918-y. da N. D. Zelinskiy birinchi boʻlib katalitik Krekingni tatbiq etgan. Katalizator sifatida alyuminiy-xlorid ishlatilgan. 1936-y. da fransuz muhandisi Ud-ri yangi texnologik sxema (katalizator — alyumosilikat) yaratgach, katalitik Kreking keng qoʻllanila boshladi. Bu esa oktan soni 80 — 85 boʻlgan yuqori sifatli aviatsiya benzini olishga imkon berdi. Neftning kerosingazoyl fraksiyasi xom ashyo boʻlib xizmat qildi. Katalitik Kreking lash 450—520° ga yaqin t-ra va 2—3 atm. bosimida amalga oshadi. Kreking suv bugʻi ishtirokida, vodorod bosimi ostida ham boradi (gidro kreki n g). Shuningdek, Kreking jarayonining borish sharoiti (t-ra, bosim) ga, xom ashyoning vazifasi va turiga, texnologik jiqozlanishiga bogʻliq boʻladi. Jarayonning borish sharoitiga qarab gaz, benzin bugʻi va ogʻir fraksiyalar (ligroinli, kerosinli, gazoylli, solyarli va qoldiq) dan tashkil topgan mahsulotlar aralashmasi hosil boʻladi. Zavonaviy Kreking koʻpgiva kimyoviy mahsulotlar (atsetilen, etilen, benzol, ksilollar, vaftalin va b.), shuningdek, qayta ishlanayotgan mahsulot massasiga nisbatan 70% gacha benzin olishga imkon beradi.

Ensiklopediya.uz
KREKING