KUZUPCHI

KUZUPCHI

KUZUPCHI — Xitoydagi qumlik. Ordos platosining shim. chekkasi va Xuanxe daryosining oʻng sohilida, 1100 — 1700 m balandlikdagi terrasalarni egallaydi. Oʻz. 370 km, kengligi 40 km gacha. Qumning qalinligi 100 m gacha. 15—30 m balandlikdagi harakatlanuvchi barxanlar yarim koʻchmas qumlar bilan almashinadi. Shoʻrxok, koʻl, taqirlar uchraydi. Kuzupchining sharqiy chekkasida «kuylovchi» qumlar bor.

Ensiklopediya.uz
KUZUPCHI