KNOS
KNOS (Knoss) — Shim. Kritning markaziy qismida joylashgan qad. shaxar. Egey madaniyati markazlaridan biri. Mil. av. 3-ming yillik oxirlaridan podsholikning poytaxti. Knos podsholari mil. av. 16 — 15-a. larda Krit ilk quldorlik davlatining oliy xukmdorlari boʻlgan. Zilzila (mil. av. 1470), yongʻin (mil. av. taxm. 1380) natijasida vayron boʻlgan. Ingliz arxeologi A. J. Evans tomonidan olib borilgan arxeologik qazilmalar (1900—30) natijasida Knos xukmdorlarining saroyi ochilgan va «xoʻjalik arxivi» — yozuvli jadvallar topilgan. Knos axeylar tomonidan bosib olingach (mil. av. 15-a. 2-yarmi), tanazzulga uchragan.
Ensiklopediya.uz
KNOS