KOMITAS

KOMITAS

KOMITAS (taxallusi; aslida Sogomon Gevorkovich Sogomonyan) [1869.26.9 (8.10), Turkiya, Kutina qishlogʻi — 1935.22.10, Parij, Yerevanda dafn etilgan] — arman kompozitori, xor dirijyori, folklorshunos. Arman musiqa etnografiyasi va koʻp ovozli xor musiqasining asoschisi. Echmiadzin diniy akademiyasini (1893), Berlin konservatoriyasi hamda un-tini (1899) tugatgan. Echmiadzinda musiqa sinflari va xor rahbari (1899-y. dan). 1910-y. dan Istanbulda, 1918-y. dan Parijda yashab ijod qilgan. 1916-y. dan ogʻir ruhiy kasallikka uchragan. 3000 dan ortiq xalq qoʻshiqlarini toʻplab, ayrimlarini xor, koʻproq esa ovoz va fortepiano uchun qayta ishlagan; arman, kurd, turk va b. xalq qoʻshiumrini ilmiy tadqiq etgan. Komitas ijodiy faoliyati va avvalambor polifonik xor asarlari milliy kompozitorlik maktabi, shu bilan birga Sharq (xususan, oʻzbek) xor musiqasi shakllanishiga katta taʼsir oʻtkazgan. Armaniston davlat filarmoniyasi qoshidagi kvartet, Yerevan konservatoriyasiga Komitas nomi berilgan. 1969-y. dan 12 jildli mukammal merosi nashr etila boshlangan.

Ensiklopediya.uz
KOMITAS