Kitob haqida topishmoqlar to’liq malumot oling
Topishmoqlar. Kitob haqida topishmoqlar. Topishmoqlar javoblari bilan.
Ushbu sahifada siz kitob haqida topishmoqlar keltirilgan. Kitob haqida Topishmoqlarni maktab darslarinida, uyda va maktabgacha ta’lim muassalarida ishlatish mumkin. Javoblari bilan birga.
Daraxt emas, yaproqli,
Ko‘ylak emas, etakli,
Odam emas so‘zlaydi,
Turli kuylar kuylaydi.
(Kitob)
Ustida qopqoq,
Tagida qopqoq,
Ichinda yaproq.
(Kitob)
Tilsiz, aql o‘rgatar.
(Kitob)
Bodomcha bodomcha bilan,
Yetti kalit tom bilan.
Ne ko‘zi bor, ne og‘zi bor,
So‘ylashadi odam bilan.
(Kitob)
Oq yer ochdim,
Qora bug‘doy sochdim.
(Qog‘oz, yozuv)
Qo‘l bilan ekilar,
Og‘iz bilan yig‘ilar.
(Yozish, o‘qish)
Tog‘dan tayladim sinmadi,
Suvga tayladim sindi.
(Qog‘oz)
Sirti tayoq,
Ichi bo‘yoq
(Qalam)
Uzun bo‘yli,
Yo‘rma to‘nli.
(Qamish qalam)
To‘rda turgan to‘rt yigit,
To‘rtovi ham mard yigit.
(Cho‘p savag‘ich)
Bizning uyda to‘rt kampir,
To‘rtovi ham mard kampir.
(Savag‘ich)
Qorong‘i uyda ko‘p polvon olishadi.
(Cho‘p savagich)
Biznikida bitta kishi,
Og‘zida qirqta tishi.
(Jun tarog‘i)
Oqqina kuchuk xov-xov etdi,
Qorni to‘yib ag‘nab ketdi.
(Urchuq)
Manba
Topishmoqlar
Kitob haqida topishmoqlar