ZUMRAD haqida
ZUMRAD
ZUMRAD — kechpishar shirin qalampir navi. Oʻzbekiston sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik i. t. in-tida Kaliforniya Vonder (AQSH) populyatsiyasidan koʻp marta yakka tanlash yoʻli bilan chiqarilgan (1988). Tupi ixcham, yaxshi barglangan, bal. 40—54 sm. Bargi yashil, oʻrtacha kattalikda. Mevasi prizmasimon, yuzasi silliq, uchi bir oz qirrali, etining qalinligi 5,2 mm, uz. 8 sm, eni 7,5 sm. Toʻq yashil, pishib yetilgandan soʻng qizil rangga kiradi, xushboʻy. Tarkibida S vitamin (134 mg %), 10—11 % quruq mod-da, 2—6% qand, 1,5% kraxmal, oqsil, yogʻ, kletchatka, vitamin V, va V2, karotin bor. Bir dona mevasining ogʻirli-gi 100 g. Uruglari erkin joylashgan, urugʻdonlar soni 3—4 ta. Nihollar toʻliq unib chiqqanidan keyin mevasi yetilguncha oʻsuv davri 153 kun. Hosildorligi 30—35 t/ga ga boradi. Mevasi ovqatga ishlatiladi, turli konservalar tayyorlanadi. (q. Bolgar qalampiri).
Ensiklopediya.uz
ZUMRAD