ZULQARNAYN haqida

ZULQARNAYN haqida

ZULQARNAYN

ZULQARNAYN (arab. — ikki shoxli) — musulmonlar orasida tarqalgan qad. rivoyatlarga kura, dunyoning Chin (Xitoy) ga qadar yerlarini zabt etib, u yerda yaʼjuj va maʼjuj yoʻliga ulkan toʻsiq qurgan podshoh. Ayni vaqtda ham Sharq, ham Gʻarb hukmdori ekanligi yoki tojining ikki cheti shoxsimon boʻlganligidan shunday deb atalgan, deb taxmin qilinadi. Qurʼonda 3. ning yer yuzida haqni qaror toptirish uchun qilgan saʼyharakatlari bayon etilgan (18:83—102). Baʼzi islom tadqiqotchilari (mas, Ibn al-Asir) Qurʼoni ka-rimda zikr qilingan 3. ni makedoniyalik Aleksandrning oʻzi deb va baʼzilari Hazrat Ibrohim (as) dan ilgari yashab oʻtgan butunlay boshqa bir shaxs deb talqin etishadi.

Oʻrta asrlarda musulmon sharqi adabiyotida 3. siymosi Iskandar (Aleksandr) haqidagi boshqa turkum hikoyatlar b-n qoʻshilib koʻp sonli nasriy va sheʼriy asarlar uchun asos boʻldi. Bu borada Nizomiy Ganjaviy, Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiy dostonlarini alohida koʻrsatish mumkin.

Ensiklopediya.uz
ZULQARNAYN