Zulfiya tavalludiga bag’ishlangan bellashuv senariysi haqida to’liq ma’lumot oling

Zulfiya tavalludiga bag’ishlangan bellashuv senariysi haqida to’liq ma’lumot oling

Mundarija скрыть
Zulfiya tavalludiga bag’ishlangan bellashuv senariysi haqida to’liq ma’lumot oling
Oltinko’l          tumanidagi
28-maktab -internatining
Yunusova      Ma’sudaxonning
«Zulfiyaxonim   100   yilligi« uchun
tayyorlagan    tadbir
ssenariysi
                   «Zulfiyaxonim   izdoshlari«
1-boshlovchi.
Assalomu    alaykum,ey   nuri    ziyolarim,
Alpomish,Barchinoy-u,Rustam-u   dostonlarim.
Yurtimning   kelajagi,ey   bag’ri    osmonlarim.
Davralarda   o’zbekcha   so’zligingiz  muborak,
O’zbekona    lutfingiz,o’zligingiz    muborak.
2-boshlovchi.
Shukrona   aytamiz, qutlug’   kunlarga,
Ma’no-yu  mazmunga   to’liq   kunlarga.
Farovon,nurafshon   ulug’   kunlarga
Ey  ozod   diyorim,O’zbekistonim!
Ey  obod   diyorim,O’zbekistonim!
1-boshlovchi.
Assalomu  alaykum,aziz   ustozlar!Hurmatli   tengdoshlar,maktabdoshlar
2-boshlovchi.
Assalomu   alaykum,tadbirimizni   tomosha   qilgani   tashrif    buyurgan   mehmonlar!
1-boshlovchi.
 Ayolini   asragan,ulug’lagan  xalq—buyuk   xalq.Ayollari   baxtli  elning   farzandlari   esa   barkamol,kelajagi   nurafshondir.
2-boshlovchi.
O’zingiz   umrning   avvali-boshi
Farzandlar   qalbining   porloq  quyoshi
Jannat   chamanining     mohir   naqqoshi
Yolg’iz   siz   o’zingiz,aziz   ayollar!
1-boshlovchi.
Bahor   asli   sizning    ko’nglingizdadur,
Sadoqat   va   vafo   yo’lingizdadur.
Dunyoning   beshigi   qo’lingizdadur,
O’zingiz   azizsiz,aziz   ayollar.
2-boshlovchi.
Biz   bejizga  so’zimizni   ayollar   ta’rifidan  boshlamadik.«Nafa-qat  o’z   she’rlari,balki   butun  hayoti  bilan  o’zbek  ayolining  ma’naviy   qiyofasini   namoyon  etgan  atoqli   shoiramiz  Zulfiyaxonimni  ham   men  ana  shunday    fidoyi  insonlar   qa-
toriga    qo’shgan  bo’lardim.Uning  jahon  minbarlaridan   yangragan   she’rlari  Sharq  ayolining  aql-u zakosi,fazl-u   kamolining  yorqin   ifodasi  sifatida   millionlab   she’riyat   muxlislariga  odamiylik,muhabbat  va  sadoqatdan   saboq   bergan,desak,mubolag’a  bo’lmaydi«degan  edi  hurmatli   Prezidentimiz   Islom   Abdug’aniyevich   Karimov
1-boshlovchi.
Prezidentimiz   Islom   Karimovning  2014-yil   31-oktabrdagi   «O’zbekiston   xalq  shoiri  Zulfiya   tavalludining   100  yilligini
nishonlash    to’g’risida«  gi  qarorini  xalqimiz,keng   jamoatchilik   ayol  zotiga,adabiyotimiz  hamda  ajdodlarimizga
yuksak   ehtirom   namunasi  sifatida   kutib  oldi.
2-boshlovchi.
    Bugun   mamlakatimiz  ahli   har  bahorni   shoira Zulfiya   tavallud   topgan  kunni   nishonlash   bilan   kutib   olishni   an’anaga  aylantirdi.Shoira  kitoblarini  yurtimizdagi   ko’plab   oilaviy   kutubxonalar  javonida   ko’rish   mumkin.Prezidentimizning  1999-yil   10-iyundagi   qaroridan   so’ng  har  yili   yurtimizdagi   iste’dodli   qizlardan   bir   guruhi
Zulfiya   nomidagi   davlat  mukofoti   bilan  taqdirlanmoqda.
1-boshlovchi.
Bizning   maktabimizda  ham  o’zining   a’lo   o’qishlari,ijodkorligi,iste’dod   va   qobiliyatlari   bilan   Zulfiyaxonim   qizlaridan   qolishmaydigan   o’quvchi   qizlarimiz
ta’lim   oladilar.Zulfiya,tavalludining  100   yilligiga   bag’ishlab
mana   shu   qizlarimiz   o’rtasida   belllashuv  tashkil   etganmiz.
2-boshlovchi.
Bellashuvimiz   shartlari   bilan  tanishtirib  o’tamiz.Birinchi  shart—tanishtiruv   sharti   bo’lib,bu  shartda  qizlarimiz   o’z  jamoalarini   tanishtiradilar.
1-boshlovchi.
Ikkinchi  shart—savol-javob   sharti   bo’lib,bunda  qizlarimizning
Zulfiya   hayoti  va   ijodini   qanchalik   o’zlashtirganliklarini
2-boshlovchi.
Uchinchi   shartda   Zulfiyaxonim   she’rlari   asosida   qizlarimizning   badiiy  o’qish   mahoratlarini   sinab   ko’ramiz.
1-boshlovchi.
To’rtinchi   shartimiz   «Arzanda   bo’lmang,pazanda   bo’ling«  deb   nomlanib,  qizlarning   vitaminlarga   boy  salatlar   tayyorlash     sirlarini   qanchalik   egalliklarining   guvohi
2-boshlovchi.
Beshinchi   shartimiz   erkin   mavzu   bo’lib,bu    shartda   guruhlarning   bo’sh   vaqtlarini   qanday   mazmunli   tashkil   etishlari   haqida    ma’lumotga   ega   bo’lamiz.
1-boshlovchi.
Bundan   tashqari   o’quvchilarning   tadbir   uchun    tayyorlab   kelgan   ijodiy   ishlari   baholanadi.Shartlarni   baholash  uchun
1.Hakamlar   hay’ati   raisi28-maktab-internat   direktori   Rahmonova   Feruzaxon   Sultanovna.
2.Hakamlar   hay’ati   a’zolari:
1.O’rinova   Hamidaxon   Tursunboyevna-ona  tili  va   adabiyot   fani   o’qituvchisi.
 2.Xaitova   Dilnozaxon    — ona   tili  va   adabiyot   fani   o’qituvchisi.
3.Arslonova   Gulbadanxon-  matematika   fani    o’qituvchisi.
4.Qo’yilgan   ballarni   hisoblab    boruvchi-  Abdullajonova   Zilolaxon- matematika   fani   o’qituvchisi.
                Endi   tadbirimiz   ishtirokchilari   bo’lgan   7-«A«;7-«D«  sinf   qizlari  jamoalarini  davraga   taklif   etamiz   va   jamoalar  navbat   o’zlarini   tanishtirib   o’tadilar.
Tanishtirib   bo’lgan   jamoalar  davradan  ajratilgan  joylariga  borib  o’tiradilar.
1-boshlovchi.
Gul  bo’lib,gul-gul  yonib
Gulshan  aro   Gulchehralar,
Gul   bo’lib, o’ynar   qo’yib
Qo’lga   hino     Gulchehralar
Hakamlar    hay’ati  tanishtiruv  shartini    baholagunga   qadar
7-«B«sinf    qizlari   ijrosida   go’zal    bir   raqsni   tomosha   qilamiz.
«SHUKRONA«raqsi
1-shart    bo’yicha   ballar   e’lon   qilinadi.
2-boshlovchi.
Marhabo:ey,aziz  qalbim  xumori,
Ulug’   mujdalaringmana,qo’limda.
Kuchga  to’l!Guvilla,yurtim   bahori!
Chechaklar   porlasin   yurgan   yo’lingda.
1-boshlovchi.
Bahor-olam   va  odam   yangilanadigan   faslning    boshlanish
arafasida   tavallud   topgan   Zulfiya   Isroilova   hayoti  va   ijodi
haqidagi   qizlarimiz   bilimlarini    sinab   ko’ramiz.
           Guruhlar    navbatma-navbat   tezkor   savollarga   javob   beradilar
2-boshlovchi.
   «Men  elimning    tilagida   yashayman,
     Erk   deganning   yuragida    yashayman«
deganida    Hamid   Olimjon   tamomila  haq   edi.Shoira    Zulfiya    ham   o’zining   yoniq    she’rlari   bilan  qalblarimizdan
mustahkam  o’rin   olgan.
Jamoalar   tayyorlab   kelgan  she’rlarini   ifodali    yod   aytadilar.
1-boshlovchi.
Hakamlarimiz    «Ifodali   o’qish«    shartini   baholagunga   qadar   5-«B«  sinf    qizlari   ijrosidagi     raqsni   e’tiboringizga    havola    etamiz.
                       «Begim   demang,begoyim«
Ifodali   o’qish    sharti   bo’yicha  guruhlarning   ballari  e’lon   qilamiz.
2-boshlovchi.
«Bu  xonim   kim?«—deya   tashlansa   savol,
Bilgan   javob  aytar  tildan  to’kib   bol;
—«Tinchlik—Birdamlik!-deb    mushoirada
Jahonga   jar   solgan   g’oliba    ayol.
    etamiz.Ular    hammamizning   ko’z  o’ngimizda   pazandalik   mahoratlarini   namoyish   etadilar.
1-boshlovchiYulduz   olar   dam,
Jo’shqin   mushoira   etadi   davom,
Do’stim,kel   sen   ham.
 Maktabimizda    she’r   yozishni   mashq   qilayotgan    ijodkor o’quvchilarimizning     she’riy   mashqlari  bilan    tanishamiz,marhamat!
2-boshlovchi.
Hakamlarimiz  4-shartni   baholagunga   qadar   6-sinf    o’quvchilaridan   shoira    Zulfiya   she’rlaridan    namunalar   tinglaymiz.
1-boshlovchi.
Vatanim   betakror   O’zbekistonim,
Andijonim   mening    qutlug’    makonim,
Ilhomim    ildizi   suv   ichgan    yurt    bu,
Shu   chamanga   tuhfa    she’r-u   dostonim.
  2-boshlovchi.
Ulug’    ustozlarga   dilda    cho’ng      havas,
Murodim    ularga  bo’lmoq   chambarchas.
Armonim    yo’q   mening   xalqim    oldida,
Shoirlar    safida   yursam   hamnafas.
Endi    qizlarimizning     ijodiy    salohiyatlarini    «Erkin    mavzu«  orqali   sinab   ko’ramiz.
1-boshlovchi.
Hakamlar    hay’ati     5-shartni   baholagunga   qadar    7-«B«-sinf    o’quvchisi   Mohiraxon   Ikromjonova    ijrosida     raqs    tomosha   qilamiz.
2-boshlovchi.
Endi    tadbir    ishtirokchilarining     6-shart   bo’yicha    olgan    baholarini    tinglaymiz.
  1-boshlovchi.
Endi    esa   jamoalarning    umumiy    to’plagan    ballarini   eshitamiz.
2-boshlovchi.
Yuragimning   sara   gulin    senga    tutay,
Ismim   aytsam   ruhim    baland-arshga
Jonim   Vatan,onamsan   sen  ,bolangman   men.
1-boshlovchi.
Nasabimni   so’raadilar,o’zbek   dedim,
Ardoqlagan    mulk,boyligim,bu-erk  dedim,
 Navoiydan-chehramdagi    nur,ko’rk  dedim,
Jonim    Vatan,onamsan    sen,bolangman   men.

Malumotlar
Zulfiya tavalludiga bag’ishlangan bellashuv senariysi