ZUFAROV Komiljon Ahmadjonovich haqida
ZUFAROV Komiljon Ahmadjonovich
ZUFAROV Komiljon Ahmadjonovich (1925.1.5 – Toshkent – 2002.30.7) – gistolog olim, Oʻzbekiston FA akad. (1968), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1968). ToshTI ni tugatgan (1951). 2-jahon urushi qatnashchisi, Andijon tibbiyot in-ti gistologiya kafedrasi mudiri va f-t dekani (1955—57), Oʻlka tibbiyot in-ti va Oʻzbekiston FA yadro fizikasi in-tida lab. mudiri (1957—65), ToshTI rekto-ri (1956—71), Oʻlka tibbiyot in-ti direktori (1971 — 72). Oʻzbek sovet ensiklopediyasi bosh muharriri (1977 — 86), «Fan va tur-mush» jur. bosh muharriri (1988 — 1992). ToshTI gistologiya kafedrasi (1962-y. dan) va biofizika lab. (1966-y. dan) mudiri. Asosiy ilmiy ishlari hujayralar ichida sekretsiya va soʻrilish jarayonlari hamda ularning boshqarilish mexanizmini oʻrganishga oid. Oʻzbekistonda birinchi boʻlib elektron mikroskopiya lab. ga asos solgan. Ingichka ichakdan soʻrilgan ekzogen oqsillarning buyraklarda parchalanishi toʻgʻrisidagi ilmiy kashfiyot muallifi (1987). Be-runiy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1981).
As: Ultrastrukturnыye osnovы sistemnoy organizatsii organov i tkaney, T., 1983; Vliyaniye nekotorыx ximicheskix faktorov vneshney sredы na deystviye lekarstvennыx veщyestv, metaboliziruyuщixsya v pecheni, T., 1979; Gistologiya, T., 1991; Gistologiya (rukovodstvo), (hamkorlikda), Sankt-Peterburg, 2001.
Ensiklopediya.uz
ZUFAROV Komiljon Ahmadjonovich