ZOSHChENKO Mixail Mixaylovich haqida

ZOSHChENKO Mixail Mixaylovich haqida

ZOSHChENKO Mixail Mixaylovich

ZOSHChENKO Mixail Mixaylovich [1895.29.7 (10.8), Peterburg – 1958.22.7, Leningrad] — rus yozuvchi-si, hajvchi, «Ogʻa-ini Serapionovlar» adabiy guruhining aʼzosi. 1921-y. dan vaqtli matbuotda kichik asarlar bilan muntazam katnasha boshlagan. «Nazar Ilich, janob Sinebryuxovning hiko-yalari» toʻplami (1922) va undan keyin yozgan hikoyalari Zoshchenkoni mashhur qildi. Zoshchenko ilk asarlari («Hurmatli fuqarolar», 1926; «Kimning ustidan kulyapsiz?», 1928)da yangi iqtisodiy siyosat (NEP) davridagi meshchanlar ustidan kuladi. «Qora shahzoda» (1936), «Qasos» (1937), «Taras Shevchenko» (1939) va b. qissalar muallifi. 3. asarlari VKP (b) MK ning «Zvezda» va «Leningrad» ju-r. lari toʻgʻrisida» gi (1946) qarorida shoʻro voqeligiga tuhmat sifatida ayovsiz tanqidga uchragan.

3. hikoyalar toʻplami oʻzbek tilida N. Aminov tarjimasida nashr qilingan (1992).

3OF — q. Qargʻa, quzgʻun.

Ensiklopediya.uz
ZOSHChENKO Mixail Mixaylovich