ZOOSPORALAR haqida

ZOOSPORALAR haqida

ZOOSPORALAR

ZOOSPORALAR (zoo… va yun. spora — urugʻ) — koʻpchilik suv oʻtlari va tuban zamburugʻlarning jinssiz koʻpayishi va tarqalishi vazifasini bajaruvchi harakatchan hujayrasi. 3. xivchinlar yordamida harakatlanadi. Xivchinlar soni har xil turlarda turlicha (koʻpincha 2, baʼzan 4 yoki koʻproq) boʻladi. Zoosporalarda sellyuloza qobigʻi boʻlmaydi. Koʻpchilik suv oʻtlari Zoosporalar sining koʻzchasi, qisqaruvchi vakuoli (q. Vakuolalar) va koʻgtincha xromatoforlari boʻladi. 3. ona hujayradan boʻlinish orqali koʻpayadi. Ona hujayra poʻsti yorilgach, tashqariga chikali va suzib yuradi. Bir ozdan soʻng 3. harakatdan toʻxtaydi; xivchinini tashlab, yangi oʻsimlik yoki zamburugʻga aylanadi.

Ensiklopediya.uz
ZOOSPORALAR