ZOMINSUV haqida

ZOMINSUV haqida

ZOMINSUV

ZOMINSUVZomin tumanidagi soy. Yuqori oqimida Yettikechuv, Duoba qishlogʻi yaqinida Sanganaksoy, Zomin shaharchasi yaqinida 3. deb ataladi. Turkiston tizma togʻining qariyb 2500 m balandlikdagi shim.-gʻarbiy yon bagʻirlaridan boshlanuvchi Oʻriklisoy, Gal-diravoʻt, Yettikechuv va b. soylarning qoʻshilishidan hosil boʻladi. 3. Sirdaryo XovosJizzax t. y. ga yetmasdan Qoʻshtamgʻali qishlogʻidan 3,5 km jan,sharkda tugaydi. Uz. 58 km, havzasining mayd. 704 km2. 3. koʻproq qor, yomgʻir va buloq suvlaridan toʻyinadi. Oʻrtacha yillik suv sarfi 1,83 m3/sek. (Duoba qishlogʻi yaqinida), eng katta suv sarfi 16,8 m3/sek (1969. 28. 05). Toʻlinsuv davri (apr. — avg.)da yillik sarfining 60—65% oqib oʻtadi, qishda baʼzan qurib qoladi. Eng sersuv oy — iyunda oʻrtacha suv sarfi 4,56 m3/sek ga teng. Zominsuvdan Zomin shaharchasi, Duoba, Yettikechuv, Qushchi va b. qishloqlar suv icha-di, ekin maydonlari sugʻoriladi.

Ensiklopediya.uz
ZOMINSUV