ZOMIN haqida

ZOMIN haqida

ZOMIN

ZOMINZomin tumanidati shaharcha (1986). Zomin tumanining maʼmuriy markazi. Viloyat markazi Jizzax sh. dan 68 km. Zominsuv soyidan suv ichadi. Yakin t. y. stansiyasi Dashtobod (20 km). Aholisi 16,9 ming kishi (2000). 3. tarixiy shahar boʻlib, qadimda Sarsanda, Susanda, Sabza nomlari bilan ham yuritilgan. Uning asos solingan yili nomaʼlum. Lekin arab geograf sayyoh olimlari Ibn Havkal, Muqaddasiylar (Yu-a.)ning maʼlumotlariga koʻra, 3. arablar kelmasdan oldin ham boʻlgan va Ustrushonada yi-rik shaharlardan hisoblangan. Shahar Zominsuvning har ikkala sohiliga joylashgan. 10-a. da 3. yonida qad., arablar kelgunga qadar boʻlgan eski shaharning xarobalari saklanganligi manbalarda qayd etilgan. Shahar yonida jome masjidi boʻlgan. Zominning Samar-qand, Buxoro, Shosh (Toshkent) va Fargona vodiysi sh. larini boglovchi katta karvon yoʻlida joylashganligi uning ravnaqiga ijobiy taʼsir etgan. 15—17-a. larda 3. mustahkam qalʼadan iborat viloyat markazi edi. 1868-y. rus podsho hukumati qoʻshinlari tomonidan bosib olingunga qadar Buxoro amirligiga qarashli boʻlgan va vaqt oʻtishi bilan avvalgi mavqeini yoʻqotgan. Zominda avtokorxona, tuman qurilish boshqarmasi, mahalliy sanoat va milliy buyumlar i. ch. korxonalari, savdo va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari, yoʻl qurilish va taʼmirlash ido-rasi, madaniyat uyi, aloqa boʻlimi, umu-miy taʼlim maktablari, kutubxonalar, tuman markaziy kasalxonasi, sanitariya epidemiologiya st-yasi, dorixona bor. Zomin — Toshkent, Zomin — Jizzax, Zomin — Guliston yoʻnalishlarida avtobus qatnovi yoʻlga qoʻyilgan.

Ensiklopediya.uz
ZOMIN