ZOLOTARYOV Vasiliy Andreyevich haqida

ZOLOTARYOV Vasiliy Andreyevich haqida

ZOLOTARYOV Vasiliy Andreyevich

ZOLOTARYOV Vasiliy Andreyevich (1872, Taganrog — 1964, Moskva) — rus kom-pozitori, musiqashunos olim, pedagog. Rossiyada xizmat koʻrsatgan artist (1932), prof. (1918). Belorussiya xalq artisti (1949). Peterburg konservatoriyasini tugatgan (1900). Oʻzbekiston kompozitorlik ijodiyoti, xususan, vokal-simfonik musiqa rivojiga hissa qoʻshgan. Zolotaryovning «Oq gul» operasi, oʻzbek xalq kuylari («Rajabiy» va «Mirzadavlat») asosidagi «Fargʻona marshi», «Oʻzbek rapsodiyasi» va raqs syuitasi (1931), «Navoiyning 6 gʻazali» vokal-simfonik syuitasi (1941), oʻzbek shoirlarining sheʼrlariga yozgan romanslari bor. Opera, balet, kamer asarlari, shuningdek, «Fuga. Amaliy oʻzlashtirish uchun qoʻllanma» (3-nashri — 1965) va b. kitoblar muallifi.

Ensiklopediya.uz
ZOLOTARYOV Vasiliy Andreyevich