ZOKONIY Nizomiddin Ubaydullo haqida

ZOKONIY Nizomiddin Ubaydullo haqida

ZOKONIY Nizomiddin Ubaydullo

ZOKONIY Nizomiddin Ubaydullo (1270/1280 – Eron – taxm. 1370) – fors yozuvchisi va shoiri, fors adabiyotida hajv (satira janri) asoschisi. Zakon va Bagʻdoddagi bilim maskanlarida taʼlim olgan. Arab va fors tillarida ijod qilgan. Zokoniyning «Navodir ul-amsol» («Nodir masallar»), «Axloq ul-ashrof» («Zodagonlar axloqi»), «Sad pand» («Yuz nasihat») kabi asarlari fors adabiyotining nodir namunalari hisoblanadi. «Mush-u-gurba» («Mushuk ila sichqon») kichik hajmli majoziy dostoni jahon xalqlarining koʻplab tillariga, shuningdek, oʻzbek tiliga ham tarjima qilinib, 1907 —09 y. larda bir necha bor chop etilgan.

Ensiklopediya.uz
ZOKONIY Nizomiddin Ubaydullo