ZOKIROV Qodir Zokirovich haqida

ZOKIROV Qodir Zokirovich haqida

ZOKIROV Qodir Zokirovich

ZOKIROV Qodir Zokirovich (1906. 25.7, Jalolobod — 1992.9.8, Toshkent) — botanik, Oʻzbekiston FA akad. (1956), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1956), biol. fanlari d-ri (1951), prof. (1951). SamDUni tugatgan (1933). Oʻrta Osiyo un-ti oʻsimliklar sistematikasi va geografiyasi kafedrasi dotsenti (1941 —43), Nizomiy nomidagi Toshkent ped. in-ti botanika kafedrasi mudiri (1943—52), Oʻzbekiston FA Botanika in-ti direktori (1952—56), Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi FA prezi-denti (195761). Fargʻona pedagogika in-ti rektori (1963-66), 1966-y. dan Oʻzbekiston FA Botanika in-ti Oʻsimliklar resursi boʻlimi mudiri. Ilmiy ishlari oʻsimliklar (taksonomik birliklar) sistemasi, flora, oʻsimliklar qoplami va oʻsimliklar xom ashyolarini oʻrganishga oid. Oʻsimlikshunos-sistematik sifatida kampirchopondoshlar, torondoshlar, koʻknordoshlar, hiloladoshlar va b. oilalarni oʻrganib, yangi turkum va turlarni kashf etdi. Oʻzbek tilida botanika terminlarini yaratishga asos soldi. 3. koʻp jildli «Oʻzbekiston florasi»ni tuzishda faol qatnashdi. «Ruscha-oʻzbekcha botanika atamalarining qisqacha izohli lugʻati»ni (boshqa mualliflar bilan birga, 1963), keyinchalik «Botanikadan ruscha-oʻzbekcha ensiklopedik lugʻat»ning I jildini chop etdi (X. Jamolxonov b-n hamkorlik-da). Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1968).

As: Zarafshon daryosi havzasi florasi va oʻsimliklar qoplami [2 jildli], T., 1955, 1961.

Ensiklopediya.uz
Zokirov Qodir Zokirovich