ZOKIROV haqida

ZOKIROV haqida

ZOKIROV

ZOKIROV Doni (1914.28.12, Samarqand — 1985.26.11, Toshkent) — kompozitor, sozanda (gʻijjak), dirijyor. Oʻzbekiston xalq artisti (1969). Toshkent konservatoriyasining kompozitsiya sinfini (B. Nadejdinda) tugatgan (1953). 1930-y. dan Samarqand viloyat musiqali drama te-atri xalq cholgʻulari orkestrida gʻijjakchi, 1933-y. dan musiqa rahbari. Oʻzbek davlat musi-qali teatrida sozanda (1936-37), Uzbek davlat filarmoniyasida xalq cholgʻulari orkestrining bosh sozandasi (1937—40), Muqimiy nomidagi teatrda (1940—47), Uzbek davlat filarmoniyasi ashula va raqs ansamblida (1953—57) badiiy rahbar. Uzbekiston televideniyesi va radiosi oʻzbek xalq cholgʻu asboblari orkestrining dirijyori (1948—53), 1957-y. dan bosh dirijyori va 1960-y. dan badiiy rahbari (1989-y. dan orkestr 3. nomida). Ijodi oʻzbek musiqa merosiga ohangdosh va usuldosh, lirikdramatik va epik obrazlarga boy. «Oynisa» baleti (T. Litvinova librettosi, 1957, B. Giyenko bilan hamkorlikda), «Zaynab va Omon» operasi, (Zulfiya, 1958, T. Sodiqov, Yu. Rajabiy, B. Zeydman b-n), «Dalada bayram» musiqali komediyasi (Sh. Saʼ-dulla, 1954, S. Boboyev b-n), «Yoshlikda bergan koʻngil» (3. Fatxullin, 1965), «Mening Jannatim» (S. Abdulla, 1970, K. Jabborov b-n), «Shahzoda va yetim qiz» musiqali dramalari, 2 ta simfonik (1947—50) va «Qarshi choʻli gullari» (1972) vokalsimfonik syuitalari, «Davrim sadosi» (B. Umidjonov b-n, 1970) kantatasi, «Hamza» poemauvertyurasi, «Lirik poema», «Koʻrmadim», «Boʻlmasa», «Ayb etmangiz», «Urtanur», «Ey, sabo» (Navoiy gʻazallari) kabi romanslar, «Ona diyor», «Koʻchalar», «Beqiyos diyor», «Samarqandim» kabi qoʻshiqlar muallifi. «Amirlikning yemirilishi», «Qutlugʻ qon», «Ulugʻbek yulduzi» kabi kino-filmlarga (hammasi M. Ziv b-n) musiqa yozgan. 3. oʻnlab xalq («Qaytarma», «Sharob», «Fargʻonacha» kabi) va mumtoz («Choʻli Iroq», «Yovvoyi Ushshoq», «Nasrulloyi», «Rajabiy», «Navo», «Savti Navo» va b.) kuylarni oʻzbek cholgʻu asboblari orkestri uchun yuksak darajada moslashtirgan. Shu bois, kompozitorning ijodiy uslubi ham oʻzbek musiqa merosi anʼanalarini badiiy ishonarli tarzda mujassam etgan.

Ad.: Ahmedov M., Doni Zokirov, T., 1995.

Ensiklopediya.uz
ZOKIROV