ZOHIRIYLAR haqida

ZOHIRIYLAR haqida

ZOHIRIYLAR

ZOHIRIYLAR (arab, zohir — tashqi, oshkor) — Dovud ibn Ali alIsfahoniy az-Zohiriy (883-y. v. e.) asos solgan islom huquqiy maktabi (mazhabi) izdoshlari. Dovud ibn Ali huquqiy amaliyotda Qurʼon va sunnani aynan tushunish va talqin qilishnigina tan olgan birinchi faqih edi. Uning ta-rafdorlari Qurʼon matnidagi yashirin (botiniy) maʼnoni rad etib, uni ma-joz. iy talqin etib boʻlmaydi, deb xisoblaganlar. 3. huquq uslubi masalalarida mantiqiy usullar (raʼy, istih-son va b.)dan foydalanishga keskin qarshi edilar. Keyinchalik, qiyos va ijmoni juda cheklangan darajada qoʻllashga rozi boʻlganlar. 3. mazhabi 10 — 13-a. larda musulmonlar olamida keng tarqaldi. Iroqda 3. oʻz mazhablarini oʻrganishni tashkil qildilar va bu taʼlimotni Iroqdan tashqarida ham faol targʻib qildilar. 3. 15-a. dan asta yoʻq boʻla boshladi.

Ensiklopediya.uz
ZOHIRIYLAR