ZLOBIN Yevgeniy Konstantinovich haqida
ZLOBIN Yevgeniy Konstantinovich
ZLOBIN Yevgeniy Konstantinovich (1898.21.1, Saratov sh. — 1959.7.12, Toshkent) — Oʻzbekiston xalq artisti (1955). Sahna faoliyatini 1918-y. Saratov teatrida boshlagan. Tbilisi, Boku, Kozon, Samara teatrlarida ishlagan. 1938-y. dan Gorkiy nomidagi Toshkent teatri aktyori. 3. komediya janridagi va dramatik rollarning mohir ijrochisi sifatida tanilgan. Eng yaxshi rollari: Firs («Olchazor»), Mamayev («Har toʻkisda bir ayb»), Karaulov («Begona bola»), Zemlyanika («Revizor»), Shmaga («Aybsiz aybdorlar»), Ivan Ivanovich («Katta muhabbat») va b.
Ensiklopediya.uz
ZLOBIN Yevgeniy Konstantinovich