ZIYOLILAR haqida

ZIYOLILAR haqida

ZIYOLILAR

ZIYOLILAR, intelligensiya — aqliy mehnat bilan shugʻullanuvchi kishilar. 3. deganda odatdan tashqari holatlarda tezda chorasini topa oladigan, narsabuyum yoki jarayonning mohiyatini toʻgʻri va darhol anglab oladigan, umuman, aqlfarosatni ishlata olish, tez fikr yuritish va xulosa chikarish qobiliyatiga ega boʻlgan odamlar tushuniladi. 3. atamasi xalqaro miqyosda qoʻllaniladigan intelligensiya atamasiga moye keladi. Intelligensiya atamasining oʻzagida lotincha intelligentia, intellegentia — aqlli, bilimli, idrokli kishi degan maʼno yotadi. Intelligensiya soʻzini rus yozuvchisi P. D. Boborikin (1836—1921) rus tiliga kiritgan. Uzbek tilidagi ziyoli soʻzining oʻzagida ziyo, nur maʼnosi yotadi. Ziyo soʻzi ilm, maʼrifatni ifodalashda qoʻllanadi, ziyoli soʻzi ilmli, maʼrifatli, bilimdon kishi maʼnosini anglatadi. 3. yuksak axloklilik va demokratizm timsoli, yaxshi fazilatlarga ega boʻlgan, turli xurofotlardan xoli insonlar hisoblanadi. Yovuzlik, tajovuzkorlik, shafqatsizlik, ochkoʻzlik singari tuban xususiyatlar ziyolilikka ziddir. Oʻzida bunday salbiy sifatlar boʻlgan 3. aklidrokni, ilmni yovuz maqsadlarga xizmat qildirishi mumkin. 3. atamasini intelligensiya atamasining tarjimasi sifatida Uzbekistonda 19a. ning oxiri — 20a. ning boshida dastlab jadidlar qoʻllashgan.

3. tarixda mehnatning jismoniy va akliy mehnatga ajralishi tufayli vujudga kelgan. Dastlab odamlar, asosan, jismoniy mehnat bilan tirikchilik qilishgan boʻlsa, davrlar oʻtishi b-n jamiyatda akliy mehnatga ehtiyoj paydo boʻldi. Kishilarga ilmmaʼrifat oʻrgatuvchi oʻqituvchilar, davolovchi shifokorlar, dinu diyonatni targʻib qiluvchi, muhtojlarga taskin beruvchi ruhoniylar, kishilarni maʼnaviyruhiy, estetik tarbiyalovchi yozuvchi, musiqachi, rassomlardan iborat ijtimoiy qatlam shakllanib, rivojlana bordi. Shu tarzda kishilar mehnat sharoitining oʻzgarib borishi bilan aqliy mehnatning mavqei kuchayib, koʻlami kengayib bordi. Bu esa 3. sonining oshishiga olib keladi. 3. koʻpaygan sari jamiyatda maʼnaviy yuksalish yuz beradi. 3. xalqni maʼnaviy yetaklab boruvchi qatlam hisoblanadi. Bu qatlam erkin fikrlovchi, oʻzining mustaqil qarashlariga ega boʻlgan kishilardan iborat. Hur fikr hamma vaqt ham jamiyatni boshqaruvchilarning manfaatlariga moye kelavermagan. Buni kommunistik mafkura hukmron boʻlgan davrdagi siyosatdan koʻrish mumkin. Usha paytda bu qatlam ishchilar hamda dehqonlardan keyingi oʻringa qoʻyilgan.

Sotsiologlar jamiyatdagi ijtimoiy qatlamlarni oʻrganishda Ziyolilarni tarkibi murakkab boʻlgan ijtimoiy tabaqa sifatida taʼriflaydilar, bu tabaqa bir necha guruxlarga ajratiladi. Ularni:

1) aholiga xizmat koʻrsatish yoʻnalishidagi 3. (oʻqituvchi, vrach va b.);

2) muhandistexnik xodimlar;

3) ruhoniylar;

4) madaniyat xodimlari;

5) jamiyatni boshqaruvchi amaldorlarga ajratish mumkin. Bundan tashqari, Ziyolilarni yashash joylariga qarab qishloq Z. i, shahar Z. i. ; yoshiga koʻra; jinsiga koʻra; yashaydigan mintaqasi, mamlakatiga koʻra; shugʻullanayotgan kasbining mazmuniga koʻra; qay darajadagi mulkka egaligiga koʻra; avlodajdodlarining tabaqasiga koʻra guruxlarga boʻlish mumkin. Soʻnggi davrdagi ijtimoiy taraqqiyot mehnatning mazmunini keskin oʻzgartirib yubordi. Aqliy mehnat talab qiluvchi yangiyangi ish sohalari vujudga keldi. Yuksak rivojlangan texnika, ilgʻor texnologiyaning kuchayishi bunday mehnatga boʻlgan ehtiyojni har qachongidan ham oshirib borayotir. Intellektual jihatdan yuksak rivojlangan davlatlargina dunyoda ustuvor mavqeini egallamoqda. Bu hol 3. va ziyolilikning mohiyatiga yangicha yondoshishni, Ziyolilarning jamiyat hayotidagi roli masalasini chuqurroq oʻrganishni taqozo qiladi.

Baxtiyor Toʻrayev.

Ensiklopediya.uz
ZIYOLILAR