ZIYO KOʻKALP haqida

ZIYO KOʻKALP haqida

ZIYO KOʻKALP

ZIYO KOʻKALP, Goʻkalp (taxallusi; asl ismsharifi Mehmed Ziyo Tavfiq Afandi oʻgʻli) (1876, Diyorbakr — 1924, Istanbul) — faylasuf va sotsiolog. Turkiya Respublikasida milliy mafkura va sotsiologiya faniga asos solgan. Yoshligidan boshlab Turkiyada sultonlik tuzumiga qarshi kurashdi. «Yosh qalamlar» jur. ini nashr qildirdi (1908 i. dan). 3. K. barcha turkiy xalklarni turkchilik asosida birlashtirish tarafdori, turkiy dunyo birligi gʻoyalarini nazariy jihatdan ishlab chiqdi. Buning uchun Usmonlilar sultonligi tomonidan taʼqib va quvgʻinga uchradi, surgun qilindi va qamoqqa tashlandi (1918). Keyinchalik Mustafo Kamol Otaturk tomonidan Turkiya Respublikasining masʼul lavozimlariga tayinlandi. Yosh Turkiyaning milliy mafkurasini ishlab chikdi. Turkiyada 9 jildlik kulliyoti chop qilindi (1952—82). 3. K. ning tarixga oid asarlarida Turkiya va turkiy xalklarning demokratik va milliy mustaqillik, taraqqiyot yoʻliga oʻtishining tarixiy, siyosiy tafsilotlari, nazariy muammolari, tajribasi va eng muhimi, turkiy tamaddunning kelgusi taraqqiyot yoʻllari bayon etilgan.

Ad.: Zohidiy A., Umumbashariy turkiy sivilizatsiya: muammolar va yechimlar, T., 1994; Oʻzbekistonning yangi tarixi, 2kitob (Oʻzbekiston sovet mustamlakachiligi davrida), T., 2000.

Ensiklopediya.uz
ZIYO KOʻKALP