ZINO haqida

ZINO haqida

ZINO

ZINO (arab. — buzuklik, fahsh, zinokorlik) — islom aqidasiga koʻra, erkak va ayolning sharʼiy nikohsiz jinsiy aloqada boʻlishi. 3. islomda qattiq qoralanadigan gunohlardan hisoblanadi. Qurʼonda «Zinoga yaqinlashmanglar! Chunki (bu) buzukliqdir — eng yomon yoʻldir», deyilgan (17:32). Shariatda 3. uchun yuz darra urishdan tortib oʻlim (toshboʻron qilish) jazosigacha belgilangan. Lekin jazoga hukm qilish uchun 3. bilan ayblanuvchilarning oʻzlari iqror boʻlishi yoki toʻrtta ishonchli guvohning guvoxlik berishi shart qilingan. Aks holda, diniy manbalarda aytilishicha, arzimagan sabablar bilan insonning obroʻsi toʻkilishi, igʻvogar, boʻhtonchilarga qoʻl kelishi mumkin.

Ensiklopediya.uz
zino.