ZINNAT FATXULLIN haqida

ZINNAT FATXULLIN haqida

ZINNAT FATXULLIN

ZINNAT FATXULLIN (toʻliq ismsharifi Zinnat Ravilovich Fatxullin) (1903, Nijniy Novgorod — 1988.1.1, Toshkent) — dramaturg. Oʻzbekiston xalk, yozuvchisi (1983). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1963). 2jahon urushi qatnashchisi (1939—45). Ijodi 1923-y. dan boshlangan. 3. F. ning ilk sahna asarlari — «Toshkay», «Eskilikdan yangilikka» (1923), «Gʻunchalar» (1930) pyesalari. Shundan keyin «Niqob yirtildi» (1932), «Sotqinlar» («Oltin kuz», 1937) va b. sahna asarlarini yezdi. Urushdan keyingi davrda 3. F. «Vatan ishqi» (Shukur Saʼdulla bilan hamkorlikda, 1957), «Obi hayot» (1962), «Yoshlikda bergan koʻngil» (1964), «Orzular» (1967), Hamza hayotiga bagʻishlangan «Tomosha davom etadi» (1969) dramalarini yaratdi. 3. F. ning qator asarlari oʻzbek xalqining ikkinchi jahon urushi yillarida koʻrsatgan jasoratiga bagʻishlangan. «Soʻnmas hayot» (1951) qissasida urush qahramoni Qudrat Suyunovning mardligi yorqin ochib berilgan. «Oy borib omon qayt» (1970) ssenariysi asosida film ishlangan.

As: Tanlangan asarlar [2 jildli], T., 198384.

Ensiklopediya.uz
ZINNAT FATXULLIN