ZININ Nikolay Nikolayevich haqida

ZININ Nikolay Nikolayevich haqida

ZININ Nikolay Nikolayevich

ZININ Nikolay Nikolayevich (1812. 25. 8, Shusha — 1880. 18. 2, Peterburg) — rus organik kimyogari, Peterburg FA akad. (1865-y. dan). Peterburg Tibbiyotxirurgiya akademiyasining prof. (1848 — 74). Ilk bor kaliy sianid ishtirokida benzaldegidni kondensatlab, benzoin va uni nitrat kislota bilan oksidlab, benzil olgan.

3. 1842-y. da aromatik nitrobirikmalardan aromatik aminlar olish usulini kashf etgan (q. Zinin reaksiyasi), shu usulda anilin va a naftalin sintez qilgan, fenildiamin va dezoksibenzoin (1844), benzidin (1845) olgan. Benzidin birikmalarini qayta guruhlashni taklif qilgan.

Ensiklopediya.uz
ZININ Nikolay Nikolayevich