Zikir Muhammadjonov haqida, oilasi, rasmlari to’liq malumot oling

Zikir Muhammadjonov haqida, oilasi, rasmlari to’liq malumot oling

Zikir Muhammadjonov 1921 yil 14-avgust sanasida Buxoro viloyatida tug’ilgan. U 1938 yilda hozirgi O’zbekiston milliy universitetining huquqshunoslik bo’limida o’qiy boshlagan.
Mundarija скрыть

O’sha paytlarda uni  rejissyor va dramaturg Mannon Uyg’ur ko’chada ko’rib qolgan hamda O’zbek milliy akademik drama teatriga ishga taklif qilgan.  

Baxtli tasodif tufayli Zikir Muhammadjonov teatrga ishga qabul qilingan va ommaviy sahnalarda ishtirok etib yurgan. Aktyor kunduzi o’qib, kechki payt teatrda ishlagan.

 

Urush yillarida ushbu aktyor  harbiy aviasiya zavodida oddiy ishchi sifatida ishlagan. 1945 yilda u Toshkent teatr va rassomchilik san’ati oliygohiga o’qishga kirgan. O’qishini tamomlagach yana teatrdagi foliyatini davom ettirgan.

U teatr sahnasida «Temur Malik», «Furqat», hamda «Abu Rayhon Beruniy» kabi o’nlab tarixiy shaxslar obrazini gavdalantirgan. 

 

Zikir Muhammadjonov shuningdek «Alisher Navoiy», «Ulug’bek xazinasi» va «Mirzo Bobur» kabi ko’plab videofilmlarida ham takrorlanmas rollarni ijro etgan. 

Aktyor teatr va kinodan tashqari dublaj sohasida ham yuzlab film qahramonlariga ovoz bergan.

Zikir Muhammadjonov o’zining san’at sohasidagi ko’p yillik xizmatlari uchun » O’zbekiston xalq artisti» va «O’zbekiston Qahramoni» unvonlari, shuningdek «Buyuk xizmatlari uchun» hamda «Do’stlik» ordenlari bilan mukofotlangan. 

 

Aktyorni shaxsiy hayoti haqida: Zikir Muhammadjonovni besh o’g’il va bir qiz farzandi bo’lgan. Uning yolg’iz qizi yetti yoshida kuyish natijasida fojiali halok bo’lgan. 

 

Ushbu aktyor 2012 yil 23-avgust sanasida 91 yoshida olamdan o’tgan. Aktyorni Toshkentdagi Chig’atoy qabristoniga dafn etilgan.

Zikir Muhammadjonov garchi hozirda hayot bo’lmasada,  o’zining unitilmas obrazlari bilan tomoshabinlar qalbida mangu yashaydi.

Zikir Muhammadjonov haqida, oilasi, rasmlari

Zikir Muhammadjonov Biografiyasi

Biografiya
oilasi, rasmlari, Zikir Muhammadjonov haqida