ZIGOMITSETLAR haqida

ZIGOMITSETLAR haqida

ZIGOMITSETLAR

ZIGOMITSETLAR (Zygomycetes) zamburugʻlar sinfi. Tanasi yaxshi rivojlangan koʻp yadroli mitseliy. Hujayra devori xitin va xitozan, baʼzan glyukandan iborat. Jinsiy jarayoni — zigosporalar hosil qiladigan zigogamiya (nomi shundan olingan). 75% turi geteratillik. Jinssiz koʻpayish organlari morfologik jihatdan xilmaxil. Sporalari harakatsiz, endogen usulda sporangiylarda yoki ekzogen usulda konidiylarda rivojlanadi. 4 tartib: mogʻorlar (Mucorales), endogonallar (Endogonales), entomoftorlar (Entomophtorales), zoopagallar (Zoopagales) ga 500 dan ortiq tur kiradi. Keng Tapkalgan. Tuproq va goʻngda saprotrof yashaydi, bir qancha turlari yuksak oʻsimliklar, boʻgʻimoyoqlilar va b. hayvonlar, odamlar paraziti; oziqovqat mahsulotlarida koʻpincha oq mogʻor shaklida uchraydi. Mogʻor, fikomitses va b. urugʻlarning ayrim turlaridan mikrobiologiya va oziqovqat sanoatida, entomoftoral turlaridan esa zararkunanda hasharotlarga qarshi biologik kurashda foydalaniladi.

Ensiklopediya.uz
ZIGOMITSETLAR